
Bu futbolchining bir o‘zi ikki yulduz o‘rnini bosadi
Calciomercato nashri Italiyaning amaldagi chempioni “Milan” yangi hujumchi qidirayotgani haqida axborot tarqatdi.
Milanliklar yoshi o‘tib qolgan ikki hujumchi – 41 yoshli Zlatan Ibrohimvoich va 36 yoshli Olive Jiruning o‘rnini bosa oladigan o‘yinchi olishni istayapti.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Milan” rahbariyatiga “Chelsi” tarbiyalanuvchisi Armando Broyyaning o‘yinlari ma’qul kelgan. Bu futbolchi “aristokratlar”ning asosiy tarkibiga kira olmayapti. “Chelsi” bosh murabbiyi Grem Potter yosh futbolchiga jamoada joy yo‘qligini qutirmoqda va uning ketishini talab qilyapti.
Albaniyalik hujumchi “Chelsi” bilan shartnomasi 2028 yilning yarmigacha uzaytirgandi. Jamoani Grem Potter qabul qilib olganidan keyin vaziyat tubdan o‘zgardi. “Chelsi” Broyya bo‘yicha yaxshi taklif bo‘lsa uni sotib yuborishga tayyor.
Fikrlar