Bu galgi jahon chempionati lotereyalar bahsiga aylanib ketdi

  • 19.12.2022 11:49
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

JCh-2022 pley-off bosqichida penaltilar seriyasi bilan yakunlangan o‘yinlar soni bo‘yicha rekord o‘rnatildi. Bu ergacha etib kelgan jamoalar orasidan g‘olib nomi 11 metrlik seriyalar bo‘yicha hammasi bo‘lib 5 ta bahsda aniqlandi.

Tecno

1/8 finalda Xorvatiya va Yaponiya terma jamoalari, shuningdek, Marokash va Ispaniya o‘yinida penaltilar seriyasi qayd etildi. 1/4 finalda esa Argentina – Niderlandiya hamda Xorvatiya – Braziliya uchrashuvida keyingi bosqich masalasi asosiy va qo‘shimcha vaqtlarda aniqlanmadi. Shuningdek, finalda argentinaliklar frantsuzlarni aynan lotereyalar bahsida mag‘lub etishdi.

Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi uchinchi marta jahon chempionligini tantana qildi. Avvalroq, janubiy amerikaliklar 1978 va 1986 yillarda ushbu turnirda g‘olib chiqishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!