Bu jamoani bepul boshqaraman!
Angliyalik mutaxassis Garri Rednapp Angliya Premier-ligasida ishlari yurishmayotgan Londonning “Vest Xem” klubida bosh murabbiy lavozimini egalashga tayyor ekanini bildirdi.
Tajribali murabbiy bu jamoaga ishga taklif qilingan taqdirda, maosh olmay ishlashga roziligini ham ta’kidladi.
- Men “Vest Xem”da bepul ishlashga tayyorman. Agar kimdir meni taklif qilsa, pulsiz ham boraman. Menga futbolchilar bilan ishlash yoqadi.
Futbolning nozik tomonlarini bilaman, bu raketa yaratish emas. O’yinchilardan maksimal darajada foydalanish kerak. Ular imkoniyatlarining chegarasida o’ynashi shart, - dedi Rednapp Talksport nashri vakillariga.
“Vest Xem” joriy mavsumda bo’sh o’ynamoqda. “Bolğaurarlar” jami 14 ochko bilan turnir jadvalida 18-o’rinda bormoqda.
Fikrlar