Bu klubdan baribir ketaman!

  • 10.03.2026 20:58
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Tottenxem” markaziy himoyachisi va sardori Kristian Romero joriy mavsum yakunlanachag, klubni tark etish bo‘yicha yakuniy qarorga keldi.

27 yoshli argentinalik futbolchi yozgi transfer oynasida jamoasini o‘zgartirish niyati borligini klub rahbariyatiga ma’lum qildi.

Romero ketishi deyarli qaytarib bo‘lmas qaror sifatida baholanmoqda.

Bu hatto “Tottenxem” Angliya Premier-ligasidan tushib ketishdan qutulib qolsa yoki UEFA Chempionlar ligasida muvaffaqiyatga erishsa ham o‘zgarmaydigan qaror ekanini aytilyapti.

Bu haqida The Telegraph nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Tottenxem” rahbariyati avvaldan yangi mavsum oldidan tarkibni yangilashni rejalashtirgan. Romero ushbu o‘zgarishlar doirasidagi birinchi yirik transferlardan biri bo‘lishi mumkin.

Argentinalik futbolchi 2022 yilda “Atalanta”dan 52 million yevroga London klubiga transfer qilingan edi.

Romero bilan “Tottenxem” o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2029 yilning yozigacha amal qilishi belgilangan. Transfermarkt portali bahosiga ko‘ra, uning transfer qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!