
Bu qanday sodir bo‘lgan? - Nistelroy "Evro-2008"da Rossiyadan uchralgan sensatsion mag‘lubiyatni esladi
Niderlandiyalik sobiq futbolchi Rud Van Nistelroy "Evro-2008"da "qizil lolalar"ning Rossiyadan mag‘lubiyatga uchrashiga hech qanday izoh topa olmadi.
- Terma jamoada 14 yil o‘ynaganimdan faxrlanaman. Bu albatta barqarorlik belgisi. Ammo turnirlar haqida gapirsam, hafsalam pir bo‘ladi.
- 1998 yilgi Jahon chempionatini o‘tkazib yubordim, "Evro-2000"da jarohat oldim, 2002 yilgi Jahon chempionatiga chiqa olmadik. 2004, 2006 va 2008 yillarda turnirlarda qatnashganman. Oxirgi katta turnir 2010 yilgi mundial, lekin yakunda chempion bo‘la olmadik.
- Turnirlardan birida g‘alaba qozonishimiz kerak edi, degan tuyg‘u paydo bo‘lganmi?
- Ha, menimcha, "Evro-2008", guruh bosqichida Italiya (3:0) hamda Frantsiya (4:1)ni mag‘lub etganimizdan so‘ng biz chempion bo‘lishimiz kerak edi. Jamoada Robben, Sneyder, van Persi, Van der Vart, Van Bronxorst bor edi. Bu jamoa zafar quchishga qodir bo‘lgan, deya olaman.
-Sizningcha, nega chempion bo‘la olmagansizlar?
- Buni tushuntirish men uchun qiyin. Chorak finalda Rossiya bilan o‘ynadik va mag‘lub bo‘ldik.
- Hali ham bu haqda o‘ylayapsizmi?
- Ha, bu hal qiluvchi daqiqalardan biri edi. Biz aqlbovar qilmaydigan formada edik. Jahon chempionlari va Frantsiyani mag‘lub etdik. Shunchaki, yuqoriga ko‘tarildik hamda kutilmaganda Rossiya bilan o‘yinda biz qo‘shimcha vaqtda mag‘lubiyatga uchradik. Ko‘pchilik jurnalistlarni so‘raydigan asosiy savoli shu: "Bu qanday sodir bo‘ldi?"
- Ochig‘i, hozirgacha ushbu vaziyatga izoh bera olmayman. Futbolda shunday holatlar ham bo‘lib turadi, - dedi PSV bosh murabbiyi.
2008 yilgi Evropa chempionati chorak finalida Niderlandiya Rossiyaga qarshi maydonga tushgan. Mazkur bellashuvning asosiy vaqtida 1:1 hisobi qayd etilgan. 56-daqiqada Povlyuchenko hisobni ochgan. O‘yin tugashiga kam vaqt qolganda, aniqrog‘i, 86-daqiqada Van Nisteleroy gol urib, uchrashuvda ekstra taymlar bo‘lishini ta’minladi. Qo‘shimcha taymlarning ikkinchisida (112) Torbinskiy hamda Arshavin (116) gol urgan va ruslar yarim final yo‘llanmasiga ega chiqqan.
Chorak finalda sensatsiya ko‘rsatgan Rossiya yarim final bahsida "qizil furiya"ga 3:0 hisobida mag‘lub bo‘lgan. Finalda Ispaniya hamda Germaniya o‘zaro kuch sinashgan. O‘sha paytda tarkib va o‘yin uslubi jihatdan avjiga chiqayotgan "engilmas armada" hal qiluvchi bellashuvda ham g‘alaba qozonib, (1:0) turnir chempioniga aylanadi.
Xudayqulov Karim tayyorladi
Fikrlar