Bu voqeani 53 yil kutdik!

  • 25.05.2026 10:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya Premier-ligasining oxirgi – 38-turidan o‘rin olgan eng muhim uchrashuvlardan biri “Sanderlend” va “Chelsi” o‘rtasida bo‘ldi.

Unda “Sanderlend” o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida “aristokratlar”ni 2:1 hisobida taslim qilib, chempionatni yettinchi o‘rinda yakunladi va kelasi mavsum uchun Yevropa ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Bungacha ushbu yo‘llanmaga asosiy da’vogar bo‘lgan “Chelsi” keyingi mavsumda xalqaro miqyosdagi musobaqalarda qatnashmaydigan bo‘ldi.

“Sanderlend” muxlislari evrokuboklar yo‘llanmasini 53 yil kutdi. Bu jamoa oxirgi marta 1973-1974 yildagi mavsumda xalqaro musobaqada ishtirok etgan. O‘shanda klub Angliya kubogidagi g‘alabasi orqali Yevropa musobaqasiga chiqqan edi.

Qiziqishi shundaki, joriy mavsum klubning Chempionshipdan APLga qaytganidan keyingi birinchi mavsumi bo‘ldi. “Sanderlend” bir urinishdayoq Yevropaga yo‘l ochdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!