Bu yulduzni sotib olmaymiz!
“Manchester Yunayted” jamoasi yetakchisi va sardori Brunu Fernandesh joriy mavsum yakunlangandan keyin klubni tark etishi mumkinligi haqidagi xabarlar ancha vaqtdan beri tarqalmoqda.
31 yoshli portugalialik futbolchiga nafaqat Saudiya Arabistoni klublari, balki Evropadagi jamoalar, jumladan “Bavariya” jiddiy qiziqayotganligi haqida yozilgan edi.
Germaniya futboliga ixtisoslashgan taniqli jurnalist Kristian Falkning ma'lum qilishicha, “Bavariya” rahbariyati Brunu Fernandeshni sotib olmaslikka qaror qildi.
Myunxenliklar jamoa yetakchilaridan Leon Goretskaning mavsum oxirida klubdan ketishi sababli yarim himoyachilar bozorini o‘rganmoqda, ammo Brunu klub talablariga mos kelmaydi.
Eng asosiy muammo, yoshi o‘tib qolayotgan o‘yinchining transfer narxi juda yuqori ekanidir.
Transfermarkt ma'lumotiga ko‘ra, Fernandeshning bozor qiymati 40 million yevroga teng. Ammo manchesterliklar una yanada qimmatroq sotishga harakat qilmoqda.
Fikrlar