Bugun 11 nafar bokschimiz yarim final yo‘llanmasi uchun bahslarga kirishadi!
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Olimpiya shaharchasida kichik o‘smirlar va o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Bugun musobaqa doirasida o‘smirlar (U-17) o‘zlarining chorak final bahslarini o‘tkazadi. Bizni 11 ta to‘qnashuv kutmoqda!
Juftliklar bilan tanishing:
-46 kg: Ruxshonabonu Ahadova - Soheon Lee (Janubiy Koreya)
-48 kg: Farangiz Usvalieva - Ti Ru Na Din (Vyetnam)
-50 kg: Parvina Shakarova - Ovi Abhijeet (Hindiston)
-52 kg: Marjona Xudayberdieva - Lashin Dauletjan (Qozog‘iston)
-54 kg: Qumriniso Muhammadova - Yu-Ya Chen (Xitoy Taypeyi)
-57 kg: Madinabonu Xudoyorova - Razaliya Vaideman (Qozog‘iston)
-60 kg: Salomatxon Sardorova - Aizada Akimjanova (Qirg‘iziston)
-63 kg: Mehrimah Qilicheva - Alina Kozhevnikova (Qozog‘iston)
-80 kg: Feruzabonu Kamolova - Fateme Rastegarmehzhenaba (Eron)
-46 kg: Abdulloh Nuraliev - Sun-Erdene Buyanbat (Mo‘g‘uliston)
-48 kg: Kamronbek Bahodirov - Firuzjon Boymatov (Tojikiston)
Uchrashuvlar ikki dasturda 11:00 va 15:30 da start oladi. Bu haqida O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar