Bugun 15 nafar bokschimiz oltin medal uchun ringga ko‘tariladi

  • 29.04.2025 12:21
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Xabaringiz bor, ayni paytda Iordaniyaning Amman shahri o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Vanihoyat, biz final janglariga ham etib keldik. 

Bugun kichik o‘smirlarimiz o‘zlarining uchrashuvlarini o‘tkazishadi. Ushbu bosqichda 15 nafar bokschimiz oltin medal uchun ringga ko‘tariladi.

Juftliklar bilan tanishing:

-33 kg: Temurbek Baxtiyorov - Damir Janshilikov (Qozog‘iston)

-35 kg: Sarmat Shokarimov - Vinod Atram (Hindiston)

-37 kg: Muxriddin Hamidjonov - Birjan Yakip (Qozog‘iston)

-43 kg: Zarifjon Ne’matov - Jayden Prise (Bahrain)

-52 kg: Elshod Shokirjonov - Kostiantin Slipchuk (Ukraina)

-55 kg: Hasan Xolmurodov - Nurbakit Toregeldi (Qozog‘iston)

-58 kg: Jahongirjon Usmonqulov - Jandos Kalxanov (Qozog‘iston)

-61 kg: Hadyatulloh Saydullaev - Abhijet (Hindiston)

-67 kg: Meyrambek Aliev - Nurassil Hassan (Qozog‘iston)

-70 kg: Ezmir O‘ktamov - Temirlan Kaziev (Qozog‘iston)

+70 kg: Elshod Oblaqulov - Nurislam Tashmaganbet (Qozog‘iston)

-37 kg: Sabinaxon Kamiljonova - Tamanna (Hindiston)

-43 kg: Rayhona Alimxanova - Milky Meinam (Hindiston)

-49 kg: Parvina Shakarova - Zlata Vovk (Ukraina)

-55 kg: Madinabonu Xudoyorova - Madina Sapar (Qozog‘iston)

Bahslar Toshkent vaqti bilan 16:00 da start oladi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!