Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

Bugun 9 nafar bokschimiz o‘zlarining janglarini o‘tkazadi

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Kun doirasida nimchorak va chorak final bahslari bo‘lib o‘tadi.

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Angliyaning Liverpul shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun musobaqa doirasida nimchorak va chorak final bahslari bo‘lib o‘tadi. Kun davomidan 9 nafar bokschimizning uchrashuvlari o‘rin olgan.

-51 kg: Feruza Kazakova - Karoline De Almeida (Braziliya);

-60 kg: Sitora Turdibekova - Rebekka Nikoli (Italiya);

-55 kg: Mirazizbek Mirzahalilov - Mehdi Kazemi (Eron);

-80 kg: Javohir Ummataliev - Kim Minseong (Janubiy Koreya);

-48 kg: Sabina Boboqulova - Angelika Kristoforska (Polsha);

-70 kg: Aziza Zokirova - Leonie Mueller (Germaniya);

-50 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziev - Omer Izaz (Australiya);

-65 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev - Ismail Umar (Finlyandiya);

-85 kg: Akmaljon Isroilov - Lachlan Lavson (Australiya).

Uchrashuvlar Toshkent vaqti bilan birinchi dastur 16:00 da va kechki dastur 22:00 da boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q