Bugun Arina Sobolenko uchun muhim kun

Frantsiyaning Strasburg shahrida Xotin-qizlar tennis uyushmasi tomonidan o‘tkazilayotagan "Internationaux de Strasbourg" turnirida bugun yarim final bahslariga start beriladi.

Mazkur xalqaro musobaqaning ilk finalchisini aniqlash uchun o‘tadigan o‘yinda Dayana Yastremskaya (Ukraina) va Arina Sobolenko (Belarus) o‘zaro raqobatlashadi.

Yarim finalning ikkinchi bahsi ikki frantsiyalik tennischi Kloe Pake va Karolin Garsiya o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!