
Bugun "Navbahor" - "Qizilqum" o‘yini uchun chiptalar sotuvga chiqadi. Uning narxi...
“Navbahor” – “Qizilqum” o‘yini uchun chiqarilgan chiptalar bugun soat 9:00 dan boshlab, Namangan shahar, Davlatobod tumanidagi “Markaziy” stadioni kassalarida sotuvga chiqadi. Bu xususida klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, stadionga kirish uchun chiptalar narxi barcha sektorlar uchun bir xil – 50.000 so‘m etib belgilangan.
Eslatma: “Navbahor” – “Qizilqum” o‘yini 4 mart kuni soat 16:30da start oladi.
Fikrlar