Bugun "Real"ga kimlar yordam bera olmaydi?
Kilain qaytdi
Chempionlar ligasi 6-turidan o‘rin olgan "Real" - "Manchester Siti" uchrashuvi uchun madridliklarning qaydnomasi e’lon qilindi. Bugun jamoaga ko‘plab futbolchilar yordam bera olmasligi aniq bo‘ldi.
Din Xausen, David Alaba, Eder Militao, Ferlan Mendi, Trent Aleksander-Arnold, Dani Karvaxal va Eduardo Kamavinga "Manchester Siti"ga qarshi o‘yin uchun qaydnomadan joy olishmadi.
Qayd etish lozim, Kilian Mbappe so‘nggi soatlarda ushbu uchrashuvda maydonga tushishi aniq bo‘ldi. U kechagi mashg‘luotlarda ishtirok etmagan va Angliya klubi bilan bo‘lib o‘tadigan bahsda ishtirok etmasligi mumkin edi.
Izohlar (0)