
Bugun Superligada yangi tarix yozilishi mumkin!
Bugun Superliga 23-turi davom ettiriladi. Tur doirasida ikki muhim o‘yin muxlislarni kutib turibdi.
Dastlabki bahs "Do‘stlik"da "Nasaf" va "Lokomotiv" o‘rtasida kechadi. Ahamiyatli tomoni, agar "ajadarlar" bugun g‘alaba qozonsa, muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritishi mumkin.
Yana bir bellashuv Jizzaxda o‘tkaziladi. Unda mahalliy "So‘g‘diyona" jamoasi "Surxon"ni qabul qiladi. Ushbu qarama-qarshilik 18:15da boshlanadi.
Fikrlar