Bugun Superliganing 4-turiga start beriladi!
Xabaringiz bor, bugundan boshlab Superliganing 4-turiga start beriladi.
Turning dastlabki bahsi Farg‘onada bo‘lib o‘tadi. Timur Kapadze boshqaruvidagi "Navbahor" safarda "Qo‘qon-1912" bilan kuch sinashadi. Poytaxtning "Bunyodkor" jamoasi esa bu turda "Xorazm" bilan kuch sinashadi. Ikki uchrashuv ham 19:15’da start olishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, bu mavsum hali g‘alaba qozona olmagan Mirjalol Qosimov murabbiyligidagi OKMK safarda "Qizilqum" bilan bahs olib boradi. Bu bahs esa 20:00’da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, 3-turdan so‘ng "Neftchi" 9 ochko bilan yaqqol peshqadamlik qilmoqda. "Lokomotiv", "Nasaf" hamda "Buxoro" klublari esa 7 ochkodan jamgarib, navbatdagi o‘rinlarni band qilib turishmoqda. Turnir jadvalining so‘nggi o‘rinida "Mash’al" bormoqda. Jamoa hali bu mavsum ochko qo‘lga kirita olmadi.
Fikrlar