Bugun Toshkentda dahshatli turnir bo‘lib o‘tadi!

  • 30.01.2026 12:14
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

Bugun – 30 yanvar kuni poytaxtimizdagi "Humo arena" majmuasida qo‘lqopsiz janglar bo‘yicha "Prime Fighting League" turniri bo‘lib o‘tadi. 

Kechaning markaziy to‘qnashuvida o‘zbek sportining yorqin yulduzlaridan biri Bobur Qurbanov UFC jangchisi Denis Tyulyulin bilan uchrashadi. Ikkinchi markaziy bahsda esa hamyurtimiz Bobur Abdulazizov va rossiyalik Shamil Gamilov o‘zaro kurash olib boradi. Shuningdek, ushbu kechada Humoyun To‘xtamurodov belaruslik Artyom Buloychik bilan to‘qnash kelishi rejalashtirilgan. Shuningdek, mazkur oqshomda yana bir qator qiziqarli janglar o‘tkaziladi.

Janglar 18:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!