Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

Bugun uch bokschimiz ringga ko‘tariladi

Zohir2018
Izohlar: 0

Sportchilarimizga omad yor bo‘lsin

Mo‘g‘uliston poytaxtida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatining bugungi bahslarida uch nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi.

Vazni 64 kilogrammgacha vazndagi bokschimiz Javlonbek Yo‘ldoshev filippinlik Tanodra Rendi bilan ikkinchi davra yo‘llanmasi uchun kuch sinashsa, 75 kilogrammgacha vazn toifasida Suhrobjon Qayimov mezbonlar vakili Gantulga Batbayarga qarshi jang o‘tkazadi. Og‘irligi 91 kilogrammdan yuqori bo‘lgan iste’dodli charm qo‘lqop ustamiz Mirmuhsin Mahmudov ilk jangida hindistonlik Aman bilan raqobatlashadi.

Eslatib o‘tamiz,  musobaqaning ilk kunida Mirzabek Mirzaxalilov va Rahmatullo Toshpo‘latov o‘z vazn toifalarida jang o‘tkazib, yakunda g‘alaba qozongan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q