
Bugundan Superligada 6-tur bahslari start oladi. Kun dasturidan 3 ta o‘yin o‘rin olgan
Bugun O‘zbekiston Superligasi 6-turidan o‘rin olgan dastlabki uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. Ushbu turni ochib beruvchi bellashuvda "Qo‘qon-1912" o‘z maydonida "Metallurg"ni qabul qiladi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 16:15 da start oladi.
"Nasaf" Qarshida "Surxon"ni mehmon qiladi va g‘alabaga erishgan holda kuchli uchlikka kirib olishga harakat qiladi. Bahs 18:20 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, xuddi shu vaqtda Jizzaxda "So‘g‘diyona" - "Mash’al" bellashuvi boshlanadi. Ulug‘bek Baqoev shogirdlari g‘alaba orqali ta’qibchilari bilan farqni yiriklashtirib olishga urunib ko‘radi.
Fikrlar