Bular Ronalduga yetishiga hali ancha bor
Futbolchilarning transfer qiymatini baholashga ixtisoslashgan Transfermarkt portali Yevropa top-chempionatlarida eng yuqori maosh oluvchi o'yinchilar reytingini e'lon qildi.
Xalqaro reytingning yuqori beshta pog'onasida “Real”ning ikki vakili o'rin olgan. Biroq Evropada eng ko'p maosh oluvchi futbolchi sifatida “Manchester Siti” to'purari Erling Xoland ko'rsatilgan.
Eng katta maoshi bor “top-5” futbolchi ro'yxati quyidagicha ko'rinish oldi.
Erling Xoland (“Manchester Siti”) — € 31,6 mln.
Kilian Mbappe (“Real”) — € 31,3 mln.
Xarri Keyn (“Bavariya”) — € 25 mln.
Vinisius Zhunior (“Real”) — € 25 mln.
Muhammad Saloh (“Liverpul”) — € 24,1 mln.
Lekin bu futbolchilarning hech biri Saudiya Arabistonida yurgan Krishtianu Ronalduchalik maoshga ega emas. “An-Nasr” 41 yoshli yulduzga Evropadagi klublardan bir necha baravar ko'p mablag' to'layapti.
Fikrlar