Bunaqasi bo‘lmagan: "Bunyodkor-W" 3 karra O‘zbekiston Superkubogi sohibi! (Fotogalereya)

Kecha Olmaliqdagi AGMK o‘yingohida ayollar futboli bo‘yicha O‘zbekiston Superkubogi bo‘lib o‘tdi. Unda  o‘tgan mavsum chempioni "Bunyodkor-W" vitse-chempion "Sevinch"ga qarshi maydonga tushdi.

Murosasiz va keskin kurashlar ostida o‘tgan bellashuvning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarida kuchlar teng keldi – 1:1. Natijada, g‘olibni aniqlash uchun penaltilar seriyasiga murojaat etildi va “futbol lotereyasi”da toshkentliklar 4:3 hisobida g‘alaba qozonib, qatorasiga uchinchi marta Superkubokni o‘ziniki qilishdi.

Quyida mazkur o‘yindan olingan eng sara suratlarni tomosha qilishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!