"Bunyodkor" "Asmald" bilan hamkorlikni davom ettiradi!

  • 26 aprel, 2022, 15:12
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Futbolda jamoa ijobiy natija qayd etishi uchun ko‘rsatiladigan xizmat, yaratiladigan shart-sharoit muhim ahamiyat kasb etadi. Bu safar o‘yinida bo‘lsa yanada ahamiyatli.

“Bunyodkor” jamoasi a’zolari 2021 yildan buyon Farg‘onaga safari chog‘ida Qo‘qon shahridagi “Asmald Palace” mehmonxonasida istiqomat qilmoqda. Mehmonxonada yaratilgan sharoit, ko‘rsatilayotgan xizmatlar “Bunyodkor” futbol klubini to‘liq qanoatlantirmoqda.

Ahamiyatlisi, bu Qo‘qonga tashrif chog‘ida qayd etilayotgan natijalarda ham o‘z aksini ko‘rsatmoqda. Superliganing 5-turi doirasida “Neftchi” mehmoni bo‘lgan “qaldirg‘ochlar” safarda ajoyib g‘alabani qo‘lga kiritdi. Odatdagidek, jamoamiz a’zolari safar davomida “Asmald Palace” mehmonxonasida istiqomat qildi.

buniky

Bosh murabbiy Shuhrat Maqsudov “Asmald Palace” mehmonxonasi bosh menejeri Bekzod Nazirov hamda marketing bo‘limi boshlig‘i Abdulaziz Ergashevga minnatdorchilik ramzi sifatida “Bunyodkor” liboslarini topshirdi. Umid qilamizki, “Bunyodkor”  va “Asmald Palace” mehmonxonasining o‘zaro hamkorligi uzoq va samarali davom etadi.

“Bunyodkor” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!