
"Bunyodkor" ishtirokidagi o‘yinda 6 ta gol urildi, tarkibda esa yangi futbolchi bor
Kecha “Yangier”ga qarshi nazorat uchrashuvida mag‘lubiyatga uchragan Marat Miftaxuddinov murabbiyligidagi “Bunyodkor” bugun navbatdagi nazorat bellashuvini o‘tkazdi.
“Qaldirg‘ochlar”ning raqibi pro-liga vakili “Oq-tepa” jamoasi bo‘ldi. Birinchi bo‘limda darvozalar uch bor ishg‘ol etildi, tanaffusga “Oq-tepa” g‘olib sifatida yo‘l oldi – 1:2. Ikkinchi bo‘limda aksincha, endi “Bunyodkor” raqib darvozasini ikki bor ishg‘ol qildi, mehmonlar ikki golga bir marta javob qaytardi. Umumiy hisob – 3:3.
Nazorat uchrashuvi
“BUNYoDKOR” – “OQ-TEPA” - 3:3 (1:2)
24 fevral. Toshkent. “Bunyodkor” akademiyasi maydoni.
Bosh hakam: Asker Najafaliev.
“Bunyodkor”: Zafar Safoev (Akobir Qayumov), Bek Abdullaev (Ulug‘bek Abdullaev), Abdulla Abdullaev (Muhammadodil Qahramonov), Davronjon Ergashev (Dian Talxatov; Abdulaziz Abdusalomov), Sunnatilla Abdullajonov (Nozimxon Rustamov), Suhrob Izzatov (Xurshid Ubaydullaev), Avazbek O‘lmasaliev (Rasul Yo‘ldoshev), Ibrohim Ibragimov (Valeriy Akopov), Xurshid G‘iyosov (Muhammadali G‘iyosov), Farruh Ikromov (Mirjahon Mirahmadov), Ibrohim Tomiva (Shahboz Erkinov).
Gollar: Ibrohim Tomiva, Xurshid G‘iyosov, Shahboz Erkinov - Xuan Beserra, Talgat Nigmatulin, Sandey Song.
Tarkibga e’tibor qaratsangiz, “Bunyodkor” safida yangi qo‘shilgan futbolchi sifatida Avazbek O‘lmasalievni ko‘rish mumkin. U bunga qadar “Lokomotiv” tarkibida to‘p surayotgandi. Tez orada uning masalasiga oydinlik kiritiladi.
Fikrlar