"Buyukdor"ning Antaliyadagi ilk raqibi ma'lum

  • 06.01.2026 11:43
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Ertadan Turkiyaning Antaliya shahrida qishki oʻquv-mashgʻulot yigʻinini boshlaydigan “Bunyodkor”ning nazorat uchrashuvlari doirasidagi dastlabki raqibi maʼlum.

Klub matbuot xizmatining yozishicha, Ilyos Zeytullaev murabbiyligidagi jamoa 14 yanvar kuni Chexiya chempionatining 2-ligasi peshqadami “Zbroyevka Brno”ga qarshi maydonga tushadi. Daraja jihatidan Oʻzbekiston Pro ligasiga teng keladigan Chexiya 2-ligasida 1-davra oʻyinlari yakuniga yetgan. Raqib 16 ta jamoa qatnashadigan liganing birinchi davrasida 13 ta oʻyinda gʻalaba qozongan boʻlsa, 2 ta uchrashuvda durang qayd etgan, birgina bahsda magʻlubiyatga uchrab, 41 ochko bilan yaqqol peshqadam boʻlib turibdi. 

Chexiyalik 51 yoshli mutaxassis Martin Svedik murabbiylik qiladigan “Zbroyevka Brno” safida asosan mahalliy futbolchilar toʻp suradi. Tarkibdagi oʻyinchilarning oʻrtacha yoshi 26.9 ni tashkil qiladi. Jamoaning transfermarkt portalidagi umumiy bahosi – 5.96 million yevro.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!