
"Burgutlar" yana bir futbolchi bilan kelishuvga erishdi
“Andijon” klubi yana bir iqtidorli futbolchini qo‘lga kiritdi. Abubakir Rejabboev bilan shartnoma imzolandi va rasman jamoa a’zosiga aylandi.
Abubakir 2005 yilning 3 aprel sanasida Andijon tumanida tug‘ilgan.
2016 yili Andijondagi Sho‘rbuloq dahasida joylashgan futbol akademiyasiga kirgan va o‘sha erda katta futbolga qadam bosgan. Rejabboev so‘nggi ikki yil mobaynida “Andijon-SGS”da avvaliga birinchi liga, so‘ngra pro ligada to‘p surdi. Iste’dodli himoyachi shuningdek, O‘zbekiston U-18 terma jamoasi a’zosi hisoblanadi.
“Andijon” matbuot xizmati.
Fikrlar