
Buxoro shahri O‘zbekiston chempionatiga mezbonlik qiladi!
Joriy yilning, 20 fevral 2 mart kunlari Buxoroda Shaxmat bo‘yicha 14-16-18 yosh toifasidagi yoshlar o‘rtasida standart, rapid va blits yo‘nalishlarida O‘zbekiston chempionati o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, chempionatda mamlakatimizning barcha hududlaridan o‘z yosh toifasida 1-5-o‘rinlarni egallagan shaxmatchilar, 2024 yil O‘zbekiston chempionatida 1-3-o‘rinni egallagan shaxmatchilar va grand pri g‘oliblari, 2024 yilgi “Toshkent bahori”, “Toshkent yozi” va “Toshkent kuzi” musobaqalari g‘oliblari ishtirok etishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, hozirga qadar Andijon shahrida (13-20 yanvar kunlari) 7 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilari o‘rtasida va Jizzaxda (27 yanvaridan 3 fevralgacha) 8-12 yosh toifasidagi yoshlar O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.
Fikrlar