Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

"Buyuk Germaniya devori"!

Suhrob Xolbekov
Izohlar: 0

Uchrashuvning eng futbolchisi - Mats Xummels

"Borussiya" Chempionlar ligasi yarim finalidan o‘rin olgan PSJga qarshi ikkinchi o‘yinda ham g‘alaba qozonib, 11 yil deganda ilk bor yana finalga yo‘l oldi.

Ushbu o‘yinning eng yaxshi futbolchisi "asalarilar"ning sardori Mams Xummels bo‘ldi. U deyarli barcha duellarda g‘alaba qozonib, 2 marta blok qo‘ydi. Shu bilan birga, uchrashuvdagi yagona golni ham aynan germaniyalik himoyachi urishga muvaffaq bo‘ldi. Ayniqsa, 35 yoshli himoyachining Kilian Mbappe zarba berayotgan paytida, to‘pni surib yuborgani ancha yillar eslanadigan holat bo‘ldi. 

Xummelsdan tashqari o‘yin qahramonlaridan biri bu Gregor Kobel edi. Shvetsariyalik posbon 5 ta seyf amalga oshirib, 2 marta jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi.

Xummels 11 yil oldingi finalda ishtirok etgan. O‘shanda "Bavariya" 2:1 hisobida zafar quchgandi. Bu safar ham Germaniya jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishi mumkin. Buning uchun, Tomas Tuxel shogirdlari "Real" to‘sig‘idan o‘tishi kerak bo‘ladi. 

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q