Chaqirishsa, “Barsa”ga qaytaman!
“Barselona” tarbiyalanuvchisi Mark Kukurelya oʻz faoliyatini rivojlantirish uchun 2019 yilda kataloniyaliklar safini butunlay tark etgan edi.
Dastlab “Xetafe”, soʻngra “Brayton”dan toʻp tepib, keyinchalik “Chelsi”ning ishonan oʻyinchisiga aylangan mahoratli himoyachi yana eʼtibor markazida.
Ispaniya terma jamoasining mart oyidagi Misrga qarshi ikkinchi oʻrtoqlik uchrashuvi arafasida, 27 yoshli chap qanot himoyachisiga Kataloniyaga qaytish ehtimoli haqida savol berildi. Kukurelya esa bu eshiklarni butunlay yopib qoʻymadi.
- Agar shunday vaziyat yuzaga kelsa, rad etish juda qiyin boʻlishi aniq. Lekin men buni yaxshilab oʻylab koʻrishim va oilam bilan maslahatlashishim kerak boʻladi. Hozircha bu haqida oʻylayotganim yoʻq, ammo agar shunday taklif tushsa, qanday qaror qabul qilishni koʻrib chiqamiz, - dedi futbolchi.
Ushbu bayonot “Chelsi” muxlislari uchun unchalik xushxabar emasligi tabiiy.
Fikrlar