"Chelsi" 80 million yevroga himoyachi olishni ko‘zlamoqda
"Nottingem Forest" himoyachisi Murillo yozda faoliyatini APLning boshqa klubi safida davom ettirishi mumkin. Bu haqida "CaughtOffside" nashri xabar bermoqda.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, ayni vaqtda braziliyalik futbolchining xizmatlariga Londonning "Chelsi" klubi qiziqish bildirmoqda. "Aristokratlar" Murillonni yozdagi transfer maqsadlaridan biri qilib belgilab olgan. Ma'lum bo‘lishicha, "ko‘klar" 23 yoshli himoyachi uchun 80 million yevro taklif qilishni rejalashtirmoqda.
Murillioning hozirda "transfermarkt" portalidagi narxi 55 million yevroni tashkil etadi. Uning klub bilan shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Ma'lumot uchun, himoyachi joriy mavsum "o‘rmonchilar" safida 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol kiritishga erishdi.
Fikrlar