"Chelsi" APLdagi omadsiz seriyasiga chek qo'ydi

  • 05.03.2026 03:23
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Angliya Premier-ligasining 29-turida "Chelsi" o‘z maydonida "Aston Villa"ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi.

Shu tariqa, Liam Rosenyor boshchiligidagi jamoa so‘nggi omadsiz natijalar seriyasiga barham berdi. Bundan avval "aristokratlar" "Lids Yunayted" (2:2) va "Börnli" (1:1) bilan durang o‘ynagan, shuningdek "Arsenal"ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng "Chelsi" 48 ochko to‘plab, musobaqa jadvalida 5-o‘ringa ko‘tarildi. Londonliklar navbatdagi liga o‘yini 14 mart kuni "Nyukasl Yunayted"ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!