“Chelsi” bittada ikki darvozabondan voz kechdi

  • 21.03.2026 11:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Londonning “Chelsi” klubi yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar oynasida darvozabonlar Robert Sanches va Filip Yorgensnni sotishga qaror qildi.

Bu haqida Fichajes nashri xabar tarqatdi.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, klub rahbariyati joriy mavsumda darvozabonlarning o‘yinidan norozi. Ikkala futbolchi ham asosiy tarkib darvozaboni sifatida mustahkam o‘rin egallay olmadi va oxirgi chiziqda barqarorlikni ta'minlay olmadi.

Xabar qilinishicha, “Chelsi” yozda har ikkala futbolchi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqmoqchi, shu orqali pozitsiyani yangilash uchun joy bo‘shatmoqchi. Klubda raqobatni kuchaytirish va himoyada ishonchlilikni oshirish zarur, deb hisoblanmoqda.

Yechimlardan biri sifatida hozirda Frantsiya chempionatida ijara asosida o‘ynayotgan yosh belgilik darvozabon Mayk Pendersga ishonch bildirish varianti ko‘rib chiqilmoqda. Kutilishicha, u mavsumoldi tayyorgarligida o‘zini ko‘rsatish va asosiy tarkibdan o‘rin olish uchun kurashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Shuningdek, klub bir pozitsiyada ortiqcha futbolchilar to‘planishining oldini olish va yangi mavsum oldidan tarkibni muvozanatlashirishga intilayotgan qayd etilmoqda. Shu sababli amaldagi darvozabonlardan kamida bittasini sotish ustuvor vazifa sifatida ko‘rilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!