
"Chelsi" bosh murabbiyi: "Mudrikka hali imkoniyat beriladi"
Enzo Mareska Mixail Mudrikning o‘yin amaliyoti kamligi haqida gapirdi.
“Mudrik o‘yin vaqtisiz qanday rivojlanishi mumkin? Albatta mashg‘ulotlarda. Mashg‘ulotlar - futbolchilarni yaxshilashning yagona yo‘li. Biz barcha o‘yinchilarning kundan-kunga yaxshilanib borishiga, ba’zilari mashg‘ulotlardan keyin qolib, qo‘shimcha ishlashlariga ishonch hosil qilishga harakat qilyapmiz. Mudrik ulardan biri.
U hozir maydonda emas. Lekin bu uning kelajakda umuman o‘ynamaydi degani emas", - dedi "Chelsi" bosh murabbiyi.
Fikrlar