Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

«Chelsi» "Brayton" yarim himoyachisini nishonga oldi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

«Chelsi» 50 million yevro baholanayotgan «Brayton» yarimhimoyachisi Yasin Ayari transferi uchun jiddiy kurash olib bormoqda.

«Brayton» markaziy yarim himoyachisi Yasin Ayariga Londonding «Chelsi» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqida TEAMtalk nashri xabar tarqatdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Ayarning «Brayton» bilan yangi shartnoma borasidagi muzokaralari to‘xtab qolgan. Shu vaziyatdan foydalanishga «Chelsi» urinayotgani aytilmoqda. Biroq shved futbolchisiga talabgorlar faqat londonliklar emas: unga «Galatasaray», «Fenerbaxche», «Milan» hamda Angliya premyer-ligasining yana bir necha klublari nazar tashlagan.

Shunga qaramay, «Brayton» rahbariyati 23 yoshli yarimhimoyachini jamoada saqlab qolish tarafdori ekani qayd etilmoqda. Klub Ayarning transfer qiymatini taxminan 50 million yevro atrofida baholamoqda.

Joriy mavsumda Yasin Ayar barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q