“Chelsi” bu uch mashhur murabbiyni chaqirmaydi
Angliya Premier-ligasida yuqori o‘rinlar uchun kurashishni maqsad qilgan “Chelsi” bosh murabbiy Enzo Mareskani ishdan olganidan keyin uning o‘rniga munosib nomzod qidirmoqda.
Manbalar London klubi rahbariyati bir necha murabbiylar nomzodini ko‘rib chiqayotgani haqida turli ma’lumotlarni tarqatmoqda. Biroq Evropada muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan mutaxassislar orasida “Chelsi” jamoaga chaqirmaydiganlari ham bor.
ESPN nashrining ma’lum qilishicha, “Kristal Pэlas” bosh murabbiyi Oliver Glasner, “Marsel” ustozi Roberto De Dzerbi va “Komo”ni boshqarayotgan Sesk Fabregas nomzodi “aristokratlar” tomonidan ko‘rib chiqilmaydi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur lavozimga asosiy nomzod – Fransiyaning “Strasburg” klubi bosh murabbiyi Liam Rosenyor hisoblanadi. Mutaxassis “Chelsi” rahbariyatida ijobiy taassurot qoldirgan.
Ta’kidlash joizki, londonliklar “Strasburg” aksiyalariga ham egalik qiladi va jamoalar o‘rtasida hamkorlik juda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.
Fikrlar