Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

"Chelsi" Dastan Satpaevga taqiq qo'ydi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Kutilmagan qaror

«Börnli» va «Charlton Atletik» oʻrtasidagi Chempionship uchrashuviga qaydnomada Qozogʻiston terma jamoasi hujumchisi Dastan Satpaev nega yoʻqligi sababi maʼlum boʻldi, deb xabar bermoqda Sports.kz.

- Nikki Xayen hozirgina «Chelsi» bu kecha Dastan Satpaevga oʻynashga ruhsat bermaganini aytdi, — deb yozgan Burnley Express nashri jurnalisti Mett Skrafton ijtimoiy tarmoqda.

«Börnli» — «Charlton Atletik» uchrashuvi 2:2 hisobida yakunlandi. Mehmonlar hisobni 96-daqiqada tenglashtirib, maydon egalarning qoʻldan chiqarilgan gʻalabasiga sabab boʻldi. Qoʻlga kiritilgan bitta ochko tufayli Satpaev jamoasi tushib ketish xavfi bor zonani tark etdi va jadvalda 21- oʻringa koʻtarildi.

18 yoshli qozoqistonlik forvard shu paytga qadar Chempionshipda toʻrtta oʻyin oʻtkazgan, ammo hali gol yoki samarali uzatma bilan ajralib tushmagan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q