"Chelsi" Enco Fernandezga bittada o‘rinbosar topdi
Tez orada rasmiy taklif yuboriladi
«Chelsi» yarim himoyachi Enzo Fernandez «Manchester Siti»ga o‘tib ketishi mumkin bo‘lgan holatda uning o‘rnini kim bilan to‘ldirishni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘ldi.
TEAMtalk nashri xabar berishicha, londonliklar «Monako»ning markaziy yarim himoyachisi Lamina Kamara uchun rasmiy taklif tayyorlamoqda. Manbaga ko‘ra, «Chelsi» bu transfer bo‘yicha deyarli butun oy davomida muzokaralar olib borgan.
Ta’kidlanishicha, taxminan 60 million yevro atrofidagi taklif «Monako» klubini qoniqtirishi kutilmoqda.
Yangi mavsumda 22 yoshli senegallik futbolchi barcha musobaqalarni hisobga olgan holda uchta o‘yinda maydonga tushib, bir bor gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Kamaraning amaldagi shartnomasi «Monako» bilan 2029 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali mutaxassislari uning bozor qiymatini 40 million yevro atrofida baholamoqda.
Izohlar (0)