“Chelsi” eng zo‘r futbolchisidan voz kechadigan bo‘ldi

  • 01.02.2026 09:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Londonning “Chelsi” klubi rahbariyati “Manchester Yunayted” tomonidan bo‘layotgan qiziqish fonida keyingi yillarda jamoaning eng yetakchi o‘yinchisiga aylangan  Koul Palmer uchun taxminiy transfer narxini belgiladi.

Bu haqida Fichajes  nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, londonliklar o‘z futbolchisini 200 million yevroga baholamoqda va bu summadan past takliflarni ko‘rib chiqish niyatida emas.

Xabar qilinishicha, “Manchester Yunayted” hujum chizig‘ini kuchaytirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda va Palmerni ustuvor variantlardan biri sifatida ko‘rmoqda. Britaniya matbuoti manchesterliklar bu transfer uchun taxminan 120 million yevro taklif qilayotganini yozdi, ammo bu summa “Chelsi” kutgan darajaga to‘g‘ri kelmaydi.

Koul Palmer 2023 yildan buyon “Chelsi” safida to‘p surmoqda va shu vaqt ichida jamoaning asosiy o‘yinchilaridan biriga aylandi. Uning Angliya chempionatidagi barqaror o‘yini qator top-klublar e’tiborini tortgan.

Aslida “aristokratlar” futbolchining jamoada uzoqroq qolish tarafdori. Shu bois, klub  faqat belgilangan summaga yaqin taklif tushsagina muzokaralar bo‘lishi mumkin.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!