"Chelsi" futbolchisiga uch grand da'vogar: "Barselona", "Manchester Yunayted" va "Bavariya" kuzatmoqda
"Chelsi"ning oʻng qanot himoyachisi Josh Achimpong Yevropaning qator top-klublari qiziqish doirasiga tushdi. Xabarlarga koʻra, 19 yoshli futbolchi yetarlicha oʻyin amaliyotiga ega boʻlmayotganidan norozi boʻlib, yozda jamoani tark etish variantini ham koʻrib chiqmoqda.
Jurnalist Ekrem Konur maʼlumotiga koʻra, angliyalik futbolchining atrofidagilar bilan allaqachon "Barselona", "Manchester Yunayted" va "Bavariya" vakillari bogʻlangan. Klublar iqtidorli himoyachining vaziyatini diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Transfermarkt portalida Achimpongning bozor qiymati 25 million yevro etib baholanmoqda. Uning "Chelsi" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilga qadar moʻljallangan.
Joriy mavsumda yosh futbolchi "koʻklar" safida barcha musobaqalar doirasida 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol muallifi boʻldi.
Fikrlar