"Chelsi"ga kerakmas hujumchiga mashhur jamoadan ish chiqdi
«Tottenxem» klubi «Chelsi» hujumchisi Nikolas Jeksonga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Daily Mail nashri xabariga ko‘ra, «shporlar» bosh murabbiyi Roberto de Dzerbi yozgi transfer oynasi yopilguncha jamoa hujum chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirgan.
Shu maqsadda asosiy nomzodlardan biri sifatida Senegal terma jamoasi forvardi Nikolas Jekson ko‘rilmoqda. Manbaga ko‘ra, «Chelsi» rahbariyati futbolchi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor, ammo uning transfer narxini 65 million funt sterling atrofida baholamoqda.
25 yoshli hujumchi 2023 yil yozidan beri «Chelsi» sharafini himoya qilib kelmoqda. U shu vaqtgacha londonliklar tarkibida 81 o‘yin o‘tkazib, 30 ta gol urgan va jamoadoshlariga 12 marotaba golli pas yo‘llagan. Jeksonning klub bilan amaldagi shartnomasi 2033 yilga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar