"Chelsi" kim qaysi raqamni olganini e'lon qildi
Londonning «Chelsi» klubi 2026/2027 yilgı mavsum uchun jamoa futbolchilarining rasmiy raqamlarini e’lon qildi.
Ro‘yxatdan Ukraina terma jamoasi yarim hujumchisi Mixail Mudrik ham o‘rin oldi. Doping mojarosidan keyin futbolga qaytgan Mudrik yangi mavsumda 33-raqam ostida maydonga tushadi. Avval unga tegishli bo‘lgan 10-raqam esa Koul Palmer ixtiyorida qoldi.
Bundan tashqari, birinchi raqam darvozabon Robert Sanchesga berildi.
Levi Koluill 6-raqam, Pedru Netu 7-raqam, Enco Fernandez 8-raqam, Joao Pedro esa 9-raqamda o‘ynaydi. Jamoa sardori Ris Djeyms 24-raqamni, Moyses Kaysedo 25-raqamni, yosh iste’dod Estevao esa 41-raqamni qabul qildi.
Qozog‘iston terma jamoasi hujumchisi Dastan Satpaev «Chelsi»ning ushbu ro‘yxatiga kiritilmadi. Sababi — u 2026/2027 yilgı mavsumni «Börnli» safida ijarа asosida o‘tkazadi.

Fikrlar