“Chelsi” klub ichidagi sotqinni topdi

  • 20.03.2026 17:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Chelsi” bosh murabbiyi Liam Rosenyor jamoa tarkibi haqidagi ma'lumotlarni sizib chiqishi manbasi aniqlandi.

Fransiya matbuoti o'tgan hafta Chempionlar ligasi 1/8 finalida PSJga qarshi birinchi o'yindan bir necha soat oldin “Chelsi”ning asosiy tarkibini aniq e'lon qilgan edi.

Javob o'yini oldidan ham deyarli shu holat takrorlandi, chunki matbuotga Vesle Fofananning sog'lig'ida muammo borligi va markaziy himoyada Trevo Chaloba hamda Yorrel Xato o'ynashi ma'lum bo'lgandi.

Natijada “Chelsi” ma'lumotni kim tarqatayotganini aniqladi, va Daily Mail nashrining  ma'lum qilishicha, bu o'yinchi emas.

- Biz xabar sizdirayotgan kim ekanini bilamiz. Bu menga yoki jamoaga qarshi yomon niyat bilan qilinmagan. Biz manbani aniqladik va vaziyatni hal qildik, - dedi Liam Rosenyor.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!