Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

"Chelsi" Kone transferini kechiktirganiга afsuslanyapti

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Ozgina e'tiborsizlik bo'ldi

Yozgi transfer oynasida Londonning «Chelsi» klubi «Roma» yarim himoyachisi Manu Kone xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirgani ma'lum bo‘ldi.

O‘tgan yozda «siniye» Kone uchun taxminan 50 million yevro taklif qilish imkoniyatiga ega edi, ammo o‘shanda kelishuv amalga oshmagan. «Corriere dello Sport» nashri yozishicha, yangi mavsumni juda ishonarli boshlagandan so‘ng «Roma» fransiyalik futbolchining narxini 100 million yevro atrofida baholamoqda.

Yangi mavsumda 25 yoshli Kone barcha musobaqalar doirasida olti o‘yinda maydonga tushib, ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi.

Futbolchining «Roma» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko‘ra, yarim himoyachining bozor qiymati hozircha 60 million yevroni tashkil etmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q