“Chelsi” PSJga “syurpriz” tayyorlamoqda: Chorshanba kuni nimalar bo‘ladi?

  • 10.03.2026 05:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Chorshanba kuni bizni haqiqiy futbol bayrami kutmoqda: Chempionlar ligasining amaldagi g'olibi PSJ 1/8 finalning birinchi uchrashuvida “Chelsi”ni o‘z maydonida qabul qiladi.

O‘yin oldidan londonliklar lageridan qiziqarli xabarlar keldi.

​“Chelsi”ning eng qimmat futbolchilaridan biri Enzo Fernandezning kayfiyati a’lo. U jamoasining oxirgi g‘alabasidan so‘ng shunday dedi:

​- Mening eng katta orzum — mana shu klub bilan Chempionlar ligasi kubogini boshim uzra baland ko‘tarish. Bu turnir biz uchun qanchalik muhimligini hamma biladi. Raqibimiz (PSJ) juda kuchli, lekin biz o‘z kuchimizga ishonamiz. Raqibdan qo‘rqmaymiz, aksincha xursandmiz, - dedi argentinalik futbolchi.

​“Chelsi” bosh murabbiyi Liam Rosenyor esa yanada qiziq gap aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qur’a natijasi jamoadagilarni umuman qo‘rqitmagan:

​- Qur’a juda adolatli bo‘ldi, deb hisoblayman. Keyingi bosqichda PSJ bilan o‘ynashimizni eshitib, kiyinish xonasidagi hamma yigitlar xursand bo‘lib kulib yuborishdi. Biz bunday katta o‘yinlarni yaxshi ko‘ramiz, - dedi murabbiy.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!