"Chelsi" qutilmoqchi bo‘lgan yulduzga yetakchi klubdan chorlov bor

  • 20.08.2026 12:17
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Chelsi» klubi hujumchisi Nikolas Jekson endi «Napoli» skautlari diqqat markazida turibdi.

Neapol jamoasi Romelu Lukaku bilan yo‘llari ajrashganidan so‘ng hujum chizig‘ini kuchaytirish ustida ish olib bormoqda. 

Jurnalist Janluka Di Marcio ma’lumoticha, «Napoli» allaqachon «Chelsi» rahbariyati bilan bog‘lanib, Jekson bo‘yicha rasmiy so‘rov yuborgan. Biroq italyaliklar oldidagi asosiy muammo o‘zgarmagan: yangi futbolchiga shartnoma taklif qilishdan avval tarkibdan kimnidir sotish yoki ijaraga berish kerak.

«Napoli» uchun yana bir jiddiy to‘siq – transfer narxi. Ma’lumotlarga ko‘ra, «Chelsi» Nikolas Jekson uchun taxminan 70 million yevro talab qilmoqda. 

25 yoshli senegallik hujumchiga faqat neapolliklar emas, «Aston Villa» klubi ham jiddiy qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!