“Chelsi” rahbariyati “Barsa”dan kelgan hujumchi ketganini e’lon qildi

  • 01.09.2026 17:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning “Chelsi” klubi rahbariyati jamoa hujumchisi Mark Giu ning Germaniyaning “RB Leyptsig” klubiga transfer qilinganini e’lon qildi.

Ispaniyalik futbolchi 2024 yil yozida “Barselona”dan “Chelsi”ga o‘tgan va londonliklar safida 29 ta o‘yinda 8 ta gol urgan.

- Giu UEFA Konferensiyalar ligasida g‘olib chiqqan jamoaning bir qismi bo‘ldi va ushbu musobaqada oltita o‘yinda oltita gol urdi.

Shuningdek, u o‘tgan yili klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqqan jamoa tarkibida ham bo‘ldi.

“Chelsi”dagi barcha insonlar Markka klubdagi mehnati uchun minnatdorlik bildirib, “RB Leyptsig”dagi faoliyatining yangi bosqichida unga muvaffaqiyat tilaydi, - deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

2025/2026 yildgi mavsumda 20 yoshli Mark Giu “Sanderlend”da ijara asosida o‘ynagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!