"Chelsi" Rosenyor boshqaruvida APLdagi barcha o'yinlarda g'alaba qozonmoqda

  • 07.02.2026 22:34
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Chelsi" Liem Rosenyor rahbarligida Angliya Premier-ligasidagi barcha uchrashuvlarda g'alaba qozondi.

Bugun "ko'klar" 25-tur doirasida "Vulverxempton"ni 3:1 hisobida mag'lub etdi. Bundan avval "Vest Xem" (3:2), "Kristal Pэlas" (3:1) va "Brentford" (2:0) ham mag'lubiyatga uchratilgan edi.

Umuman olganda, yangi murabbiy qo'l ostida "Chelsi" 9 ta o'yin o'tkazdi. Mag'lubiyatlar faqat Liga kubogida "Arsenal'ga qarshi bahslarda qayd etildi (2:3 va 0:1). Qolgan barcha uchrashuvlarda jamoa g'alaba qozongan.

10 fevral kuni Rosenyor jamoasi "Lids"ga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!