“Chelsi” rahbariyati jamoa yangi tayinlangan bosh murabbiy Liam Rosenyorning kelajagi borasida jiddiy xavotirda.
Bu haqida indykaila News nashri ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar qildi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, London klubi rahbarlaridan biri hozirda “Pari Sen-Jermen” bosh murabbiyi bo‘lib ishlayotgan Luis Enrikeni Rosenyorning ehtimoliy o‘rinbosari sifatida ko‘rib chiqmoqda.
Shuningdek, Liam Rosenyor ilgari o‘zi boshqargan Fransiyaning “Strasburg” klubiga qaytish varianti ham ilgari surilayapti.
Angliya Premyer-ligasining 30-turida Rosenyor boshqaruvidagi “Chelsi” jamoasi “Nyukasl Yunayted”ga o‘z maydonida 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lganidan keyin “aristokratlar” yana bosh murabbiy masalasini ko‘tardi.
Luis Enrikening “Pari Sen-Jermen” bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan va kelasi yoz uni muzokaralarga taklif qilish imkoniyati bor.
Fikrlar