“Chelsi” Rosenyorni bo‘shatdi
"Chelsi" jamoasi bosh murabbiyi Liam Rosenyorni ishdan bo'shatdi, deb xabar bermoqda klub rasmiy sayti.
Ingliz mutaxassis yanvar oyida "Strasbur"dan "Chelsi"ga o'tgan. Murabbiyning klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2032 yilgacha imzolangan edi.
Angliya chempionatidagi 34 ta o'yindan so'ng "Chelsi" 48 ochko jamg'arib, turnir jadvalida yettinchi o'rinni egallab turibdi. Turnirda "Arsenal" yetakchilik qilmoqda, jamoa 33 o'yindan so'ng 70 ochkoga ega.

Fikrlar