"Chelsi" shartli ravishda ikki yilga transfer qilishdan taqiq oldi

  • 16.03.2026 20:26
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Chelsi" klubning sobiq xo‘jayini Roman Abramovich davrida moliyaviy qoidalarni buzgani uchun Angliya Premier-ligasidan yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishga taqiq oldi, deb xabar beradi Sky Sports.

Mustaqil komissiya "Chelsi"ni 2011-2018 yillarda moliyaviy hisobot, uchinchi tomon investitsiyalari va yoshlarni rivojlantirish bo‘yicha APL qoidalarini buzgani uchun 10,75 million funt sterling miqdorida jarimaga tortdi. Premier-liga klubga to‘qqiz oy davomida akademiyaga yangi o‘yinchilarni sotib olishni taqiqaldi, shuningdek, ikki yillik sinov muddati bilan asosiy jamoaga o‘tishni shartli ravishda bir yilga taqiqaldi.

Angliya chempionatining 30 o‘yinidan so‘ng "Chelsi" ochkolari sonini 48 taga yetkazib, turnir jadvalidа oltinchi o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!