
“Chelsi” superto‘purarni chaqirdi
ESPN jurnalistlarining ma’lum qilishicha, “Chelsi”ning yangi bosh murabbiyi Grem Potter avvalgi murabbiy Tomas Tuxel davrida “Inter”ga ijaraga berib yuborilgan Romelu Lukakuni ortga qaytarishga qaror qilgan.
Ma’lumki, belgiyalik hujumchi “aristokratlar” tarixidagi eng qimmat transfer egasi hisoblanadi. Londonliklar uni 2021 yilning yozida 115 million evroga “Inter”dan xarid qilgan edi.
Lekin tajribali hujumchi Tomas Tuxel qo‘llagan o‘yin uslubiga mos tushmadi va Angliyada bir yid yurganidan keyin yana sobiq jamoasiga qaytishni ma’qul ko‘rgandi.
Endi Grem Potter jismonan baquvvat hujumchining imkoniyatlaridan kengroq foydalanishni istayapti.
Fikrlar