“Chelsi” ustozi qaqshatqich mag‘lubiyat aybdorini oshkor qildi

  • 13.04.2026 14:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya chempionatining 32-turida “Chelsi” futbolchilari o‘z muxlislari ko‘z sho‘ngida “Manchester Siti”dan 0:3 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchradi. “Aristokratlar” bosh murabbiyi Liam Rosenyor mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi.

- Ikkinchi bo‘limda yaxshi o‘ynamadik, o‘yinga yomon kirishdik, bir nechta vaziyatlarda to‘pni jarima maydonidan chiqarib yuborishimiz mumkin edi, ammo uddalay olmadik.

Tanaffusdan keyingi dastlabki besh daqiqada raqib maydonning yarmida ustunlik qildi va keyin gol urdi. So‘nggi oy davomida o‘yinimiz bir xil stsenariyda ketmoqda.

Bunday kuchli jamoalarga qarshi o‘ynaganda o‘yinda qolish uchun katta mehnat qilish kerak. Ikkinchi bo‘lim juda qiyin bo‘ldi. Barcha javobgarlik menda. Bu jamoaviy ish, biz buni yaxshilashimiz kerak. Hammasi sening odatlaring va qadriyatlaringdan boshlanadi.

Jamoni harakat qilmadi, deb ayta olmayman, ammo ikkinchi bo‘limda ishonch yetishmadi. Biz qiyin turnir holatidamiz va keyingi haftada yana katta o‘yin — “Manchester Yunayted”ga qarshi uchrashuv kutmoqda.

Albatta, bugun biz chempionlik uchun kurashayotgan juda kuchli jamoaga qarshi o‘ynadik. Lekin bunday bahslarda ham g‘alaba qozonishni o‘rganishimiz kerak. Agar Mark Kukurelyaning goli hisobga olinganda edi, bu bizga ishonch bergan bo‘lardi. Ammo mag‘lubiyatdan keyin o‘zingni tiklashni o‘rganish zarur.

Sen 1 gol farq bilan yutqazishing mumkin, lekin o‘yindan chiqib ketmasliging kerak, aynan shu holat meni xafa qildi, - dedi Liam Rosenyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!